Joriy yilning 16-fevral kuni poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general-mayor R. Djurayev hamda Ozarbayjon Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi G.Guliyev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida tomonlar huquqni muhofaza qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati yuzasidan fikr almashdilar va hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarini muhokama qildilar.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ozarbayjon Respublikasi ichki ishlar vazirldigi ichki qoʻshnilari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.
Tomonlar oʻzaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv doʻstona va konstruktiv muloqot ruhida oʻtdi.