Tomonlar 12-iyul kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda Suriya hozirda jiddiy muammolarni boshdan kechirayotgan energetika sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi.

“Shu doirada yaqin kelajakda Ozarbayjon gazini Turkiya orqali Suriyaga eksport qilish loyihasi amalga oshirilishi, bu mamlakatning energiya xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilishi ta'kidlandi”, deyiladi xabarda.

Ilhom Aliyev uzoq yillardan buyon Ozarbayjonga nisbatan nodo'stona siyosat olib borgan Suriyadagi avvalgi hukumat davrida ikki tomonlama munosabatlarda turg'unlik kuzatilganini qayd etdi. Uning ta'kidlashicha, Suriyada yangi hukumat o'rnatilganidan keyin munosabatlarni rivojlantirish uchun katta istiqbollar ochilgan.

Ahmad al-Shara'a, avvalgi hukumat Suriyaning ko'plab davlatlar, jumladan, Ozarbayjon bilan munosabatlariga putur yetkazganini afsus bilan qayd etdi.

Bundan tashqari, tomonlar Ozarbayjonning bosib olingan hududlarda restavratsiya va qurilish ishlari bo'yicha tajribasini inobatga olgan holda, Ozarbayjon Suriyadagi to'qnashuvdan keyingi davrda tiklanish jarayoniga hissa qo'shishi mumkinligini ta'kidlashdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.