Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan o'tkazgan qo'shma matbuot anjumanida ma'lum qilgan.
Bayramov vengriyalik hamkasbini Boku va Yerevan o'rtasidagi tinchlik jarayoni haqida xabardor qilganini qayd etdi.
Vazirning ta'kidlashicha, shu yilning may oyida Olmaota shahrida Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bilan bo'lib o'tgan muzokaralar oldidan Boku Yerevanga tinchlik shartnomasi loyihasi bo'yicha o'z takliflarini yetkazgan.
“Bir necha kun oldin biz Armanistondan tinchlik shartnomasi bo'yicha yana bir taklif oldik”, dedi Bayramov.
Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Ozarbayjon tinchlik kun tartibiga sodiqligini va barqaror tinchlikka erishish uchun barcha zarur choralarni ko'rishga tayyor ekanini ta'kidladi, deb xabar beradi report.az.