Ilk xalqaro professional futbolchilik faoliyatini “Inter” jamoasida boshlagan Byazi 1990-yildan murabbiy sifatida ishga kirishgan. Shu muddat mobaynida Italiyadagi bir qator klublarda yordamchi murabbiy, bosh murabbiy sifatida mehnat qilgan.

2011-2017-yillari Albaniya terma jamoasini boshqargan. 2020-yildan eʼtiboran Ozarbayjon milliy terma jamoasi bosh murabbiyi. Aynan uning taklifiga binoan Ozarbayjon terma jamoasini kelgusi nufuzli futbol musobaqalarga munosib tayyorgarlik koʻrishini taʼminlash maqsadida Alessandro Skayya, Klaudio Belluchchi, Benito Karbone va Federiko Turritsiani jamoada oʻz yoʻnalishlarida ish boshlashdi.

Ozarbayjon terma jamoasining jismoniy tayyorgarligiga javobgar etib belgilangan Alessandro Skayyaning bildirishicha, birinchi bor Italiyadan tashqarida, yanayam tarkibi musulmonlardan iborat milliy terma jamoada ishlash har taraflama murakkab jarayon. Qolaversa, terma jamoa asosini musulmon futbolchilar tashkil etadigan tarkib bilan shugʻullanish bir muncha murakkabliklar keltirib chiqarishi mumkin. Lekin murabbiylar va futbolchilar jamoasi oʻrtasida oʻrnatilgan doʻstona aloqalarning jinsliligi oʻtkazilayotgan mashgʻulotlar yangi gʻalabalarga yetaklashiga ishonch uygʻotadi, deydi u.

Eslatib oʻtamiz, ushbu murabbiylar boshchiligidagi Ozarbayjon terma jamoasi Millatlar ligasi(UYEFA) musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish uchun 28-avgust kuni ilk oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga kirishadi. Bir haftadan keyin esa Millatlar ligasidagi bahslarga kirishadi.

Ozarbayjon davlatida oʻrnatilgan karantin tartiblari 5-avgust kuni bekor qilinadi.

Toʻlqin ROʻZIYEV.