Ozarbayjon va Eron o'rtasidagi temir yo'lni qurish ishlari qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi

    Ozarbayjon va Eron o'rtasidagi Rasht-Astara temir yo'l yo'lagining qurilishi bir yarim oydan so'ng boshlanadi, deb xabar qildi Eron yo'llar va shaharsozlik vazirligi.

    Eron yo'llar va shaharsozlik vaziri o'rinbosari Shahriyor Afandizodaga ko'ra, temir yo'lning 162 kilometrlik qismi ayni damda islom respublikasidagi eng muhim temir yo'l loyihasi hisoblanadi.

    “Shimol-Janub” loyihasi doirasida joriy yilning may oyida Rossiya va Eron o'rtasida yo'lning bir qismini birgalikda qurish bo'yicha kelishuv tuzilgan edi. Loyihaning umumiy qiymati 1,6 milliard yevroni tashkil etadi, deb xabar beradi mir24.tv.