Maqolada Ozarbayjonda davlat arbobi, ensiklopedik olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bagʻishlab kitob nashrdan chiqqani haqida soʻz yuritilgan. Risolaga Oʻzbekiston elchixonasi va Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti tomonidan tashkil etilgan “Zahiriddin Muhammad Bobur va Ozarbayjon” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman doirasida Ozarbayjon va Oʻzbekistonning taniqli olimlari, tadqiqotchilari va ziyolilari taqdim qilgan maqolalar kiritilgan.

Kitobdan Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti direktori, akademik Iso Habibbeyli, Oʻzbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Nodir Xolboʻtayev, Muhammad Fuzuliy nomidagi Qoʻlyozmalar instituti direktori oʻrinbosari, filologiya fanlari doktorlari Almaz Ulvi, Poshsho Karimov va Yashar Gasimbeyli, boshqa olim va tadqiqotchilarning maʼruzalari oʻrin olgan.