«Azermash SR» zavodining ishlab chiqarish ob’ektlarida Chevrolet Nexia i Cobalt avtomobillarini yig‘ish joriy yil sentyabr oyida o‘zlashtirilgan edi. Barcha mahsulotlar General Motors (AQSH) tomonidan belgilangan xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqariladi.

Ushbu yo‘nalishdagi keyingi qadam Ozarbayjonda Chevrolet modellari portfelini yangi istiqbolli modellar bilan to‘ldirish, shuningdek, kelgusi yillarda ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirish bo‘ladi. Zavod 2022 yil oxirigacha  yiliga kamida 5 mingta avtomobil ishlab chiqarish darajasiga chiqishni rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Boku yaqinida joylashgan Hojiqabul sanoat mavzesi tarkibiga kiruvchi «Azermash SR» zavodi «STA INSAAT» (Ozarbayjon) MCHJ va «Avtosanoat invest» MCHJ (O‘zbekistan) tomonidan ta’sis etilgan qo‘shma korxona hisoblanadi.

Tomonlar o‘rtasida  2021 yil  21 iyul kuni  imzolangan kelishuv natijasida ushbu loyiha hayotga tadbiq etilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan 2019 yil oktabr oyida Bokuda bo‘lib o‘tgan Turkiy kengash sammiti doirasidagi uchrashuvida O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarining yangi darajasi e’lon qilingan edi.