“Dunyo“ AAning xabar berishicha, vatandoshimiz M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) munosabati bilan tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Hamyurtimiz bilan oʻtkazilgan muloqotda maʼlum boʻlishicha, u 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.
Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrildi. Biroq, tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqdi. Yakunda bemor va uning oʻgʻli bilan kelishgan holda vatandoshlarimizni Oʻzbekistonga qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Ozarbayjondagi faol vatandoshlar koʻmagida M.J. va uning oʻgʻliga “Boku-Toshkent“ yoʻnalishidagi samolyotga chipta sotib olindi. Ular 29-mart kuni Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.