Ozarbayjonda sel kelishi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi

    Ozarbayjonning shimoli-g'arbiy qismidagi Geygel tumanida sel kelishi oqibatida ikki kishi halok bo'ldi. Kuchli yomg'ir tufayli bir qancha qishloqlar suv ostida qoldi.

    Geygel tumanining Ashagi Zurnobod, Shahriyar, Keremli va Topalgasanli qishloqlariga sel keldi. Ularga yaqin hududda joylashgan Ganja shahrining to'rt nafar fuqarosini suv oqimi olib ketdi. Ikki kishi qutqarildi, ikki erkakning jasadi ertalab daryodan topildi.

    Sel uylarni vayron qilgan, tomorqalarga, ekinlarga, beshta avtomobilga zarar yetkazgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining texnikalari va boshqa xizmatlar jabrlangan aholi punktlarida ish olib bormoqda.

    Mutaxassislar tomonidan gaz va elektr ta'minoti tiklandi, qishloqlarni tutashtiruvchi yo'l tozalandi. Avtotransport harakati tiklandi, deb xabar beradi mir24.tv.