Vazirlikning xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida jami 118 fuqaro, jumladan, 25 nafar yosh bola xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.

Fuqaro mudofaasi kuchlari, Davlat yong‘in xizmati, Maxsus xavf-xatarlarni bartaraf etish xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Kichik kemalarni nazorat qilish va suvda qutqarish davlat xizmati, shuningdek, Sumgait hududiy markazi kuchlari tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun safarbar qilindi.

Avvalroq 84 kishi, jumladan, 20 nafar bola xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.

Hozirda FVV kuchlari o‘z ishlarini davom ettirmoqda, deb xabar berdi kazinform.