Ozarbayjonlik kinomutaxassislar bilan onlayn muloqot tashkil etildi
Bugun Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi kinematografiya bo'limi boshlig'i Rufat Gasanov, “Ozarbayjon fil`m” direktori Il`kin Muxammadeli, Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Baxrom Ashrafxonovlar bilan onlayn muloqot o'tkazdi.
Muloqotda davlat rahbari tashabbusi bilan o'tkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yo'li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini o'tkazish bo'yicha hamkorlik, yosh kinoijodkorlarning fil`mlarini namoyish etish masalalari muhokama etildi.
SHuningdek, ozarbayjonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlik yo'lga qo'yilib, ko-produktsiya loyihalarini suratga olish rejalashtirildi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati