Unda Ozarbayjonning meditsina sohasidagi amaliy tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarini O'zbekistonga jalb qilish va mamlakatimizda xorijiy shifoxona hamda klinikalar filialini ochish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida Ozarbayjon tomoni mamlakatimizda iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar,  sog'liqni-saqlash sohalarida  amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.

Elviz Gasimov, o'z navbatida, O'zbekistonda davlat rahbari rahnamoligida olib borilayotgan samarali islohotlarni e'tirof etdi:

– Men joriy yilda O'zbekistonda bo'ldim, - dedi u. - Safarim davomida O'zbekiston sog'liqni saqlash sohasi faoliyati va  shifokorlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdim. O'zbekistonlik hamkorlar bilan ortoped-travmatologiya, fizioterapiya yo'nalishida aloqalarni yanada mustahkamlash va qo'shma loyihalarni amalga oshirishni to'liq  qo'llab-quvvatlayman.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida amaliy tajribaga ega bo'lgan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, mamlakatimizda zamonaviy ortoped-travmatologiya shifoxonasini ochish imkoniyatlarini o'rganib chiqishga kelishib oldi, deb xabar beradi "Dunyo" AA.