Oʻzbekneftgaz" AJning bir guruh mutaxassislari Ozarbayjon davlatning “SOCAR” neft kompaniyasiga xizmat safarida boʻlishdi. Ushbu tashrif “Oʻzbekneftgaz” AJ va “SOCAR” kompaniyalari oʻrtasidagi neft va gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan 2022-yil 5-iyuldagi “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq amalga oshirildi.
ashrif doirasida “Texnologik uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va ishonchliligini oshirish” va “Ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish tizimidagi yondashuvlarni oʻrganish” yoʻnalishlari boʻyicha tajriba almashildi.
Dastlab mutaxassislar kompaniya va uning tarkibiy boʻlinmalari bilan yaqindan tanishish maqsadida “SOCAR” kompaniyasining bosh ofisida boʻlishdi.
Shundan soʻng suv osti qurilmalarini ijaraga berish va taʼmirlash boʻyicha eksperimental ishlab chiqarish korxonasi – “Azneft” va "SOCAR” Neft quvurlari boshqarmasining “SAP PM” (Plant maintenance) dasturiy taʼminoti oʻrganildi.
Shuningdek, “SOCAR”ning “NIPI Neftegaz” ilmiy - tadqiqot institutining faoliyati, erishilgan koʻrsatkichlari, ishlab chiqilgan mahsulot va innovatsiyalar haqida batafsil maʼlumot olindi.
Mutaxassislarning Geydar Aliyev nomidagi neftni qayta ishlash zavodiga qilgan tashrifi ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirish tizimidagi yondashuvlarni oʻrganishda alohida ahmiyat kasb etdi. Zavodda modernizatsiyasi masalalari va ishlab chiqarishning eng samarali konfiguratsiyasini baholash uchun foydalaniladigan “LP Modelling” dasturiy mahsuloti bilan yaqindan tanishildi.
Bundan tashqari mutaxassislar kuniga 2000 tonna karbamid va 1200 tonna ammiak ishlab chiqarish quvvatiga ega “SOCAR” Karbamid zavodiga hamda mamlakatda kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan birinchi loyiha – ”SOCAR Polymer" zavodiga borishdi.
Tashrif yakunida kompaniya Prezidentining kadrlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, “SOCAR Downstream” MCHJning biznesni takomillashtirish boshqarmasi boshligʻi va boshqa mutasaddilar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda tashrif yakunlari sarhisob qilinib, “Oʻzbekneftgaz” AJ va “SOCAR” oʻrtasida imzolangan “Yoʻl xaritasi” doirasida kegusidagi ishlar muhokama qilindi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati