Ozarbayjonda yozuvchilar uyushmasi aʼzosining kitobi taqdimoti boʻlib oʻtadi

    20-27-avgust kunlari Ozarbayjonning bir necha shaharlarida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Ozarbayjon Milliy majlisi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida taniqli shoira Hosiyat Rustamovaning Bakuda chop etilgan «Ismi Lala edi u qizning» va “ 44 kun» nomli kitoblarining taqdimoti boʻlib oʻtadi.

    Ikki xalqning azaliy qardoshligi, maʼnaviy, adabiy aloqalari rivojining ayni zamondagi yana bir namunasi boʻlgan ushbu kitoblar doʻstlik va hamjihatligimizning ifodasidir. Hosiyat Rustamova ijodi Ozarbayjonda ham maʼlum va mashhur, uning muxlislari talaygina. Shoiraning ushbu kitoblari taqdimoti yurtimizdagi qator ijodiy tashkilotlar vakillari, keng jamoatchilik ishtirokida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

    Ganira Pashshava,

    Ozarbayjon Milliy majlisi Madaniyat qoʻmitasi raisi