Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Urgut tumanidagi 41-maktab 9 -sinf oʻquvchi-qizlarining janjallashgani voqeasiga munosabat bildirib, vaziyat ishchi guruh tomonidan oʻrganilganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, 13-oktyabr kuni 9-“A” sinf oʻquvchisi F.F. bilan 9-“B” sinf oʻquvchisi R.G. telefon orqali suhbatda oʻzaro gap talashib qoladi va 14-oktyabr kuni darsdan soʻng tumanning Qoratepa mahallasi hududida uchrashib, janjallashishadi. Janjalga ularning sinfdoshlari ham aralashadi.
Holat yuzasidan oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan yigʻilish oʻtkazildi. Janjalda ishtirok etgan jami 12 nafar oʻquvchining ota-onasiga nisbatan MjTKning 47-moddasiga muvofiq mamuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.