Suhbat chogʻida ikki mamlakat ommaviy axborot vositalari, jumladan, gazetalarning bugungi faoliyati yuzasidan fikr almashildi.
– Bugungi tahlikali davr, ayrim mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy ziddiyatlar, iqtisodiy inqiroz, qolaversa, koronavirus talafotlari ijtimoiy-maʼnaviy hayotimizga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Bunday sharoitda ommaviy axborot vositalari oʻquvchilar uchun qulay formatda ishlash uslubiga oʻtishi zamon talabidir. Shu maʼnoda, tahririyatingiz faoliyati eʼtirofga molik va biz oʻzaro ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashib turishimiz foydadan xoli boʻlmaydi, – dedi Emad Eldin Hasan Ahmad Muhammad.
Uchrashuvda mamlakatimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar yuqori saviyada boʻlib oʻtgani, Oʻzbekistondagi samimiy muhit oʻzaro munosabatlarning bundan keyingi bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etishi eʼtirof etildi.