Bugun Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligiga Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Satыbaldы Darxan Amangeldiyevich uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Mazkur uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad, Qozogʻistondagi siyosiy qatagʻon mavzusiga oid arxiv hujjatlarini izlash va tadqiq etish hamda arxiv ishi sohasida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini yana-da mustahkamlash. Shu maqsadda, Agentlik direktori Ulugʻbek Yusupov Oʻzbekistonda arxiv ishi tizimi hamda davlat arxivlarida olib borilayotgan tadqiqot ishlari yuzasidan qisqacha maʼlumot berib oʻtdi.

Ikki tomonlama oʻtkazilgan muzokaralar yakunida, Oʻzbekiston Milliy arxivi bu yoʻnalishda qozogʻistonlik olimlar va tadqiqotchilarga arxiv ishi sohasida yordam berishga doimo tayyor ekanligi alohida taʼkidlab oʻtildi.