Transformatsiya ofisi Boston Consulting Group (BCG), shuningdek, Daimler, Fiat i Porsche kabi yetakchi xalqaro avtomobil konsernlarida koʻp yillik boshqaruv tajribasiga ega yuqori malakali xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirirokida tashkil etildi.
Transformatsiya jarayonida bunday mutaxassislar ishtiroki bozor munosabatlari sharoitida raqobatbardosh va samarali biznes-modelini yaratishga imkon beradi. Bundan tashqari, transformatsiya jarayonida sanoatni boshqarishning eski modelidan voz kechish hamda mahsulot sifati va hajmiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan ishlab chiqarish va biznes jarayonlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarishning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirish va mahalliylashtirish darajasini 70 %gacha koʻtarilishi samarali boshqaruvnig natijasi boʻladi. Bu esa, oʻz oʻrnida, mahsulotning chakana narxini pasaytirishga imkon beradi. Birinchi bosqichdanoq ushbu dastur Chevrolet Tracker va Onix kabi modellarni ishlab chiqarilishini boshlashni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish koʻrsatkichlarining oʻsishi, shuningdek, oxirgi yillarda ulushi sezilarli darajada oʻsgan avtomobilsozlik sohasining davlat byudjetiga barcha tushumlariga ijobiy dinamika beradi. Pandemiya sharoitlariga qaramay, 2021-yilda 80 ta soha korxonalaridan biri boʻlgan «UzAuto Motors» AJ mamlakatning eng yirik soliq toʻlovchilari oʻntaligiga kirdi.
Transformatsiya ofisining birinchi yigʻilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va qambagʻallikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, Boston Consulting Group (BCG)ning xalqaro ekspertlari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Boston Consulting Group (BCG) bilan birgalikda ishlab chiqarilgan “Oʻzavtosanoat rivojlanish strategiya”sida koʻrsatilgan transformatsiya jarayoni quyidagi 7 ta yoʻnalish boʻyicha amalga oshiriladi:
1. Savdo va marketing;
2. Yangi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik va xususiylashtirish;
3. Xaridorlar va taʼminotchilar bilan ishlash;
4. Ishlab chiqarish jarayonlarini yaxshilash;
5. Aylanma mablagʻlarni muvofiqlashtirish;
6. Moliyaviy koʻrsatgichlarni yaxshilash;
7. Raqamlashtirish va axborot texnologiyalarni joriy etish.
Transformatsiya strategiyasi va dasturi doirasida quyidagi bosqichlar belgilangan:
– 2021-2022-yillarda “Oʻzavtosanoat” va uning tarkibiy korxonalarini transformatsiya qilish, shuningdek, joriy operatsion faoliyatni (korporativ boshqaruv, ishlab chiqarish, moliya, savdo va sotuvdan keyingi xizmat) optimallashtirish va xususiylashtirishga tayyorgarlik koʻrish;
– 2022-2025-yillarda hamkorlar bilan birgalikda yangi mashxur avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ishlab chiqarishga sarflanadigan vaqtni ikki baravar qisqartirish, mahalliylashtirish darajasini 70%gacha oshirish, elektromobillarni ishlab chiqarishga tayyorgarlik va bosqichma-bosqich “Oʻzavtosanoat” tarkibiy korxonalari ulushlarini xususiy sektorga sotish.