Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin Rossiya avtomobil tashuvchisiga tegishli avtotreylerning salonida sodir boʻlgan, shundan soʻng alanga avtomobillar boʻlgan treylerga oʻtgan. Yongʻin oqibatida 8 ta avtomobildan 3 tasi zarar koʻrgan. Hodisa natijasida avtotreyler haydovchi jabrlanmagan.

Voqea Moskva viloyati hududida avtomobillarni mijozga olib oʻtish vaqtida sodir boʻlgan. Barcha tashilgan avtomobillar sugʻurtalangan boʻlib, ular rossiyalik mijozga tegishli boʻlgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda zaruriy yongʻin-texnik ekspertizasi oʻtkazilib, yongʻinning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.