Oʻzbekistonda ilk marotaba oʻtkazilayotgan animatsion festivalda ishtirok etayotganimdan mamnunman. Kecha festivalning birinchi kuni boʻlib oʻtdi, uning dasturida animatsiya sohasining mohir ustalari ham, havaskorlar ham ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida tomoshabinlar zalida koʻplab bolalarni koʻrib, juda xursand boʻldim. Zero, animatsiya bolalar uchun sevimli boʻlgan olam, biz, kattalar esa ushbu olamni goʻzal boʻyoqlar bilan bezashga harakat qilishimiz lozim.

Hozirda forum doirasida koʻplab bolalar ishtirokida vorkshoplar oʻtkazilmoqda, ular qanday ishlayotganini, qiziqish bilan oʻzaro muloqot qilayotganini koʻrib turibman. Umid qilamanki, ushbu forum katta muvaffaqiyatlar uchun haqiqiy platformaga aylanadi. Oʻylaymanki, bir necha yildan soʻng biz oʻzbek animatorlarining ijodini jahon ekranlarida tomosha qilamiz.