Mansur Yunusov “Tong sabolari”, “Tafakkur marjonlari”, “Mangu lahzalar”, “Koʻngil navolari” nomli sheʼriy kitoblar, monografiya va uslubiy qoʻllanmalar muallifi. U 1982-yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tugʻilgan. 2005-yil Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universitetini tamomlagan.
2011-2017-yillarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi boʻlim boshligʻi, 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Davlat maslahatchi xizmati yetakchi konsultanti, 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijro apparati Maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻlimi mudiri, 2019-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Maʼnaviyat va maʼrifat” kafedrasi katta oʻqituvchisi (PhD) sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati