Ochilish marosimi davomida mehmonlar uchun fotoko'rgazma shu bilan birga, operator hayoti va ijodiga bag'ishlangan badiiy kecha tashkil qilindi. Marosim doirasida Xudoybergan Devonov nomiga “Turksoy” oliy mukofotining topshirilishi bo'lib o'tdi.

Shundan so'ng “Birinchi qaldirg'och” fil`mi namoyish etildi.