Oʻzbek kompaniyasi Alibaba va AliExpress savdo maydonlari orqali milliy mahsulotlarni eksport qilmoqchi

    Investitsiyalar 6 Iyun 2020 2566

    Shu yilning 5-iyun kuni Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi raisi F.Usmanov Alibaba.som savdo maydonining Rossiyadagi rasmiy xizmat koʻrsatish boʻyicha hamkori boʻlgan PAL kompaniyasi bosh direktori B.A.Neyman bilan videokonferensiya shaklida uchrashdi.

    Videokonferensiyada Alibaba.com (B2B) va AliExpress (B2C) savdo maydonlarida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni joylashtirish orqali milliy mahsulotlarimizning eksportini tashkil qilish masalalari koʻrib chiqildi.

    B.Neyman oʻz chiqishida B2B va B2C shaklidagi elektron savdoni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarini targʻib qiladigan Alibaba kompaniyasining faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi.

    Konferensiya jarayonida Oʻzbekistonning kichik va oʻrta biznes vakillari, xususan, milliy-amaliy sanʼat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarining Alibaba.som platformasiga ulanish imkoniyatlari muhokama qilindi.