Yekaterinburgda “Moda haftaligi” loyihasining 18-mavsumi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi koʻmagida Ryazan shahridagi “Almaz” oʻzbek milliy-madaniy markazi rahbari Zulayho Qodirova boshchiligida asli oʻzbekistonlik dizaynerlarning mazkur taqdimotda ishtiroki tashkil etildi. Haftalik doirasida milliy oʻzbek adrasi, shoyi va xonatlasdan tikilgan bejirim kiyimlar namoyish etildi.
Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtish kerakki, oʻzbek diasporasi vakillari tomonidan tikilgan kiyimlar oʻzining bichimi, mavsumiyligi, tanlangan matolarning yuqori sifati bilan alohida ajralib turdi hamda haftalik ishtirokchilari va mehmonlarining olqishiga sazovor boʻldi.
Mamlakatimiz dilomatlarining “Moda haftaligi” tashkilotchilari bilan oʻtkazgan muzokaralari natijasida Oʻzbekiston dizaynerlarining ushbu tadbirning navbatdagi mavsumida ishtirokini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.