Mazkur festivalda oʻzbek multiplikatori Dmitriy Vlasovning “Hayot daryosi” (“Potok”) animatsion filmi “Eng yaxshi postanovkachi rassom” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻldi.

“Hayot daryosi” animatsion filmi falsafiy mazmunga ega boʻlib, unda inson tugʻilishidan boshlab, umr boʻyi bosib oʻtgan yoʻli haqida hikoya qilinadi.

Mazkur festival joriy yilda ikkinchi marotaba onlayn tarzida oʻtkazilib, unda animatsiya sohasida yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash, yangi innovatsion texnologiyalar va zamonaviy dasturlar asosida ishlab chiqarilayotgan animatsion asarlar baholandi.

“Amen-2020” xalqaro animatsion filmlar festivalida Qozogʻiston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va yana boshqa bir qator mamlakatlarning animatsion filmlari ishtirok etgan.

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati