Kuni kecha poytaxtimizdagi Kinochilar uyida “Madi in Uzbekistan. Yesterday” dasturi doirasida Oʻzbekiston milliy kinofondi rahbari Eljon Abbasov chet eldan etalon negativlari qaytarilgan multfilmlar boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

Unda xorijlik mashhur animatorlar, maktab oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda havaskor yosh animatorlar ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilariga Oʻzbekiston milliy kinofondidan joy olgan bolajonlar auditoriyasiga moʻljallangan klassik animatsion filmlar namoyish qilindi.

Forum keyingi kunlari ham yosh tomoshabinlar uchun Oʻzbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi, “White Line”, “Astir animation studio”, “Futurist studio”, “Dip animation studio” hamda xorij animatsiya studiyalarining ishlari namoyish etilishi belgilangan. Bundan tashqari, animatorlar tomonidan taqdimotlar, mahorat darslari, master-klaslar, ijodiy uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati