Joriy yilning 11-16 noyabr kunlari Xitoyning Sian shahri, Shensi provinsiyasi markazida Xalqaro madaniyat va san'at festivali o'tkazildi.

Festivalda Shensi provintsiyasi hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan san'atkorlar va badiiy jamoalar ishtirok etdi. Xususan, Samarqanddan viloyat davlat filarmoniyasi san'atkorlari, "Tamanno" va "Bahor" raqs guruhlari o'z chiqishlari bilan qatnashdi. 

Festival uch bosqichda: qadimiy tarix navolari, turli xalqlarning raqslar jilosi hamda xalqlar madaniyat va san'atining zamonaviyligi yo'nalishlarida tashkil etildi.
e'tiborlisi, unda o'zbek san'ati namoyishi va ijrosi alohida e'tirof etildi. Samarqandlik san'at ustalariga Shensi provinsiyasi rahbariyati tomonidan hamkorlik yorlig'i taqdim etildi.