2021-yilda ham erishgan yutuqlari hamda mazkur universitet talabalari va yosh olimlariga oʻz kasb sirlarini oʻrgatish, ilmiy ish faoliyatidagi qoʻshayotgan hissasini inobatga olib, yosh olim Yonse universiteti professorligiga qayta saylandi.
Tibbiyot fanlari doktori, dotsent mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasining bolalar stomatologiyasi kafedrasida boshlagan. Keyinchalik ushbu oliy taʼlim muassasasida xona mudiri, xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2015-yilda “Bolalarda tish fissura kariyesi profilaktikasi va davosi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan.
2018-yildan buyon Innovatsion rivojlanish vazirligida boshqarmasi boshligʻi boʻlib samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, Toshkent davlat stomatologiya institutida dotsent lavozimida talabalarga stomatologik fan yoʻnalishi boʻyicha bilim va kasb sirlarini oʻrgatib kelmoqda.
Uning yutuqlari nafaqat Oʻzbekistonda, xalqaro darajada ham eʼtirof etilgan. 2012-yilda Germaniyaning DAAD tashkiloti, 2013-yilda Yevropa kariyesologiya assotsiatsiyasi (ORCA) grantini, 2015-yilda Yevropa ittifoqining “Erasmus+” grantini qoʻlga kiritgan.
2018-yildan buyon Pierre Fauchard xalqaro stomatologiya tashkilotining Oʻzbekistondagi raisi hisoblanadi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati