O'zbekiston olimlari yaratgan SARS CoV-2 tipidagi virusga qarshi 19 500 dona rutan dori vositasi Sog'liqni saqlash vazirligiga beg'araz taqdim etildi.
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti yaratgan grippga qarshi original rutan dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan o'tkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi virusning 78,3 foizga ta'sirini susaytirish xususiyatini namoyon qilgan.
Bu haqda Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi xabar berdi.
SHundan kelib chiqib, rutan dori vositasi GMP talablariga javob beruvchi Xitoy-O'zbekiston tibbiy texnoparkida tayyor dori vositasi sifatida ishlab chiqildi. 11 mingta o'ram rutan dori vositasi koronavirusga qarshi gumanitar yordam sifatida eronga yuborilib, laboratoriya sinovlaridan ijobiy o'tgan.