Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida Tokio olimpiadasida bayrog'imizni baland ko'targan Akbar Jo'rayevga tasannolar olqishi hali so'nmay turib, tumanning yana bir iqtidorli farzandi — Go'zal Abdullayeva betakror ovozi bilan Moskvani lol qoldirdi.
Tuman hokimligi axborot xizmati bergan ma'lumotga ko'ra, Go'zal “Goroda Rosii” Xalqaro tanlovida opera yo'nalishida 1-o'rin sohibasiga aylandi. U tanlovda “Adina” ariyasini kuyladi. Jozibali ovoz va mazmundor ariya yig'ilganlarni maftun etdi.
O'zbekiston davlat Musiqali komediya (operetta) teatrida faoliyat yuritadigan Go'zal Abdullayeva ana shunday ariyalari bilan Go'zal shu yili “Bo'zotov” yoshlar festivalida ham barchani lol qoldirib, mutloq g'olib bo'lgan edi.









