2024 yilning 26-dekabrdan 31-dekabrga qadar Ummon davlatida “Muscat International Chess Championship 2024” turniri boʻlib oʻtdi.
Turnirda ishtirok etgan shaxmatchimiz Ortiq Nigmatov 2501 (Qatar Masters 2024 +9.4; 3rd International President cup +35; Muscat International Chess Championship 2024 +9.8) reyting koʻrsatkich qayd etdi.
Shu tariqa Nigmatov soʻnggi talabni bajarib, shaxmat grossmeysteri unvoniga ega chiqqan oʻttizinchi oʻzbekistonlikka aylandi, deya xabar beradi Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi.
«Shaxmatchimiz GM lik norma talablarini muddatidan oldin bajargan, faqatgina reyting koʻrsatkichlari bir marta 2500 reytingdan oʻtishi lozim edi", deyiladi xabarda.
Ortiq Nigmatov 9 ta turdan iborat bahslarda 7 ta gʻalaba va 2 ta durang natija qayd etgan holda 8 ochko toʻplab “Muscat International Chess Championship 2024” turniri gʻolibiga ham aylandi.