Mazkur hamkorlik Oʻzbekiston startaplari uchun AQSH bozoriga chiqish imkoniyatini yanada osonlashtiradi, deya xabar qiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati.
Hamkorlik qanday imkoniyatlar yaratadi?
- Startaplarni shakllantirish va rivojlantirish
- Xalqaro bozorga chiqish va investorlar bilan ishlash
Startaplar uchun muhim jihati?
- AQSH bozoriga moslashish imkoniyati va xalqaro miqyosda rivojlanish sharoiti;
- Mahalliy va global investorlarni jalb qilish;
- Innovatsion ekotizim ichida oʻsish va tajriba almashish.
Ushbu hamkorlik tashkilotlarning kuchli tomonlarini birlashtirib, startaplarga har tomonlama qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etadi.
Maʼlumot uchun:
Silkroad Innovation Hub – bu innovatsion gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlash, startaplarni rivojlantirish va tadbirkorlik ekotizimini shakllantirishga qaratilgan markazdir. U yerda startaplar va innovator investorlar, mutaxassislar va biznes hamkorlari bilan aloqalar oʻrnatish, yangi mahsulot va yechimlar ustida ishlash uchun zarur boʻlgan resurslar va platformalarni topishlari mumkin. Markazning maqsadi – mahalliy va mintaqaviy innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash orqali global bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishdir.