Dastlabki laboratoriya sinov-tadqiqotlari muvaffaqiyatli yakunlandi. YAngi innovatsion texnologiya yopiq maydondagi havoni zararsizlantiribgina qolmay, bemorning nafas yo'llari va o'pkasigacha virus hamda boshqa yuqumli kasalliklardan tozalaydi.
Innovatsion texnologiyaning asosi — yangi yaratilgan molekulalar ekani ta'kidlanmoqda. Ana shu molekulalar belgilangan hududning havosi va hatto turli jismlar, ashyolarning ustki hamda ichki qismlaridagi mavjud virus va bakteriyalarni ham neytrallashtirish xususiyatiga ega.
SHuningdek, bu qurilma inson nafas olish yullaridagi viruslargacha masofaviy zararsizlantiradi. eng muhimi, uni qo'llash uchun ko'p vaqt talab etilmaydi. 30 metr kvadrat maydondagi xona dezinfektsiyasi uchun bor-yo'g'i 15 daqiqa kifoya.
Loyiha muallifining ta'kidlashicha, yangi yaratilgan texnologiya havo orqali infektsiya yuqishi xavfini butunlay yo'qqa chiqaradi. Bu texnologiyaning universalligi shundaki, u nafaqat tojsimon o'lat, barcha turdagi mikroblar, bakteriyalar va viruslarning kushandasiga aylanadi.
Mutaxassislarimiz ushbu texnologiyadan tibbiyot muassasalari va odam gavjum bo'ladigan boshqa bino va inshootlarda foydalanishni tavsiya etishmoqda. Uning ishlash printsipi eng zamonaviy texnologiyalarga asoslangan va inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz. YAngi innovatsion qurilma yaqin kunlarda mamlakatimizda ommaviy ravishda ishlab chiqarilishi mo'ljallanyapti.