Mazkur grant joriy yil iyunda Italiyada boʻlib oʻtadigan xalqaro kongressda qatnashish imkonini berib, U har yili dunyo boʻyicha 100 dan ortiq talabgor orasidan 6-7 tagina nomzodga nasib qiladi.
Maʼlumot uchun: Yevropa kariyes tadqiqotlari tashkiloti 1953-yilda xalqaro tashkilot sifatida ish boshlagan va butun dunyoda kariyesologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiruvchi, ogʻiz boʻshligʻi salomatligini targʻib qiluvchi tashkilotdir, deb xabar bermoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.
Nozimjon Tuygʻunov kabi talaba yoshlarimiz bilan albatta faxrlanamiz va oʻylaymizki, ular Yangi Oʻzbekistonni oʻz ilmiy salohiyatlari bilan yanada rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishadi.