Bugun Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri jamoasi Moskva shahriga uchib ketdi.

Mazkur safar davomida teatr jamoasi Rossiya Federatsiyasi Musiqali teatrlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan yaqin xorij, MDH davlatlari va Rossiya musiqali teatrlarining "Видет музыку" nomli  VI Xalqaro musiqali teatrlar festivalida ishtirok etadi. Ushbu nufuzli festivalda respublikamiz teatri ham ishtirok etayotgani quvonarli, albatta.

Taʼkidlash joizki, ushbu festival teatr ijodkorlari uchun tajriba almashish, yangi  hamkorliklar uchun zamin yaratib, yangi sahna asarlaridan bahramand boʻlish imkonini beradi.