Mazkur amaliy qoʻllanma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 3000 nusxada “Zamin nashr” bosmaxonasida chop etildi.
Tadbirni Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Abdugʻaffor Qirgʻizboyev kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologif fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov kitobning bosh muallifi sifatida tinish belgilari bilan bogʻliq muammolar va ularni bartaraf qilishda qoʻllanmaning ahamiyati haqida gapirdi.
Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori s. Normamatov mazkur kitobning imloviy savodxonlikni takomillashtirishdagi oʻrni haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Qoʻllanma keng jamoatchilikka moʻljallangan. Undan tadqiqotchilar, olimlar, turli soha vakillari, magistrantlar, talabalar, ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari hamda oʻquvchilar foydalanishlari mumkin.
Kitob taqdimoti bayram tadbirlariga ulanib ketdi. Davlat tilini rivojlantirish, oʻzbek tilining ona tili sifatidagi mavqeini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi uchun tizimlarda faoliyat koʻrsatayotgan maslahatchi lavozimidagi xotin-qizlarga bayram sovgʻalari ulashildi.