Tarixchi Gʻaybulla Boboyor qalamiga mansub ushbu kitobda o‘zbek tilining eng qadimgi davri – miloddan oldingi so‘nggi mingyillikning o‘rtalaridan milodning 6- asrigacha bo‘lgan deyarli ming yillik bir davri to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Monografiyada Sak-skiflarning kunchiqardagi bir bo‘lagi turkiy tilli bo‘lgani-yu, Xun saltanati (m.av. 3- mil. 3 asrlar), Xioniylar (mil. 4-5 asrlar) va Eftaliylar (5-6 asrlar) kabi yirik siyosiy uyushmalar boshqaruvchilarining so‘zlashuv tili yuzasidan yangicha qarashlar bildirilgan. Shuningdek, o‘zbek tiliga boshlanma bergan turli eski turkiy lahjalar, xun va o‘g‘ur-bulg‘or turkchasi, xalach tili, venger tilidagi turkiy o‘zlashmalar to‘g‘risida so‘z boradi.
Kitob mutaxassislar – turkologiya, tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, elshunoslik kabi yo‘nalishlarda izlanishlar olib boruvchilar va keng kitobxon ommasiga mo‘ljallangan.