"O'zbek tilini o'qitishning eng yaxshi metodikasi" ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovini e'lon qildi.

    Tanlov Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirli tomonidan tashkil etildi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Oʻzbek tilini oʻqitishning eng yaxshi metodikasi” ilmiy-ijodiy ishlar Respublika tanlovini eʼlon qildi.

    Tanlov “Eng yaxshi darslik”, “Eng yaxshi oʻquv qoʻllanma”, “Eng yaxshi uslubiy qoʻllanma” nominatsiyalari boʻyicha oʻtkaziladi. Tanlovga ilmiy, uslubiy, ijodiy ishlar 2020-yilning 20-avgustidan 20-sentyabriga qadar qabul qilinadi. Ijodiy ishlarni koʻrib chiqish va baholash – 10-oktyabrgacha. Gʻoliblarni taqdirlash – 20-oktyabrgacha amalga oshiriladi.

    Ijodiy ishlar metodika@edu.uz elektron manzili orqali onlayn qabul qilinadi