O'zbek to'qimachiligining noyob namunalari Gavayida ham saqlanishini bilasizmi?

    Uning to'plamida eron, Suriya, Marokash, Hindistondan olib kelingan yoki sotib olingan 2500 ga yaqin eksponat mavjud.

    O'zbek to'qimachiligi ishqibozi amerikalik kolleksioner va filantrop Doris Dyuk yoshligidan islom san'ati ixlosmandi edi.

    U oltmish yil davomida Sharq san'atini durdonalarini to'pladi va Gavayidagi qarorgohi Sрangri Lada namoyish qildi.

    Uning to'plamida Eron, Suriya, Marokash, Hindistondan olib kelingan yoki sotib olingan 2500 ga yaqin eksponat mavjud. Ular orasida Miss Dyuk tomonidan 1935-1960-yillarda sotib olingan 15 ta so'zana ham bor.

    Uning to'plami Islom san'ati jamg'armasi homiyligida yaratilgan Doris Dyuk nomidagi Shangri-La muzeyida saqlanib qolgan.