Oʻzbek sirk ustalari “Oltin fil” mukofoti bilan taqdirlandi

    Joriy yilning 2 – 7-mart kunlari Ispaniyaning Jirona shahrida “Oltin fil” xalqaro sirk festivali boʻlib oʻtdi.

    Unda 20 davlatdan 75 nafar sirk sanʼati ustalari ishtirok etdi. Ular orasida yurtimiz shaʼnini Darina Matveyeva va Sanjar Hasanov himoya qildi.

    Festivalda ustalar koʻrsatgan yuksak mahorati hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholandi. Natijada festival oliy mukofoti “Oltin fil” va “Best Artist Award from Li Xining” bilan taqdirlandi.