O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasi, Lal Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Turkiston” san'at saroyida O'zbekiston va Hindiston o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 30 yilligiga bag'ishlangan konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Konsertda Mukarrama Turg'unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli, Sharvari Ajit Bhide xonim boshchiligidagi hindistonlik “Vande Bharat Sambhavi” xalqaro Kathak raqs guruhi ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.