Muloqotda agentlikning Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, “Tojikfilm” kinostudiyasi direktori Maxmasaid Shoxiyon, Tojikistonning Oʻzbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi Farrux Azizovlar ishtirok etishdi.

Unda oʻzbek va tojik kino sanoatida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oldinda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini yuqori saviyada tashkil etish, festivalda tojik filmlarining namoyishi kabi masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, Xalqaro festival doirasida tojik kino kunlari ham boʻlib oʻtadi. Hozirda saralanayotgan filmlarning tojik tilidagi subtitri tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari muloqotda Kinematografiya agentligi hamda “Tojikfilm” kinostudiyasi bilan hamkorlikda suratga olinishi kutilayotgan buyuk ajdodlarimiz – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haqidagi kinoloyiha ustida ham muzokaralar olib borildi, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.