Tadbirda, UNESCOning nomoddiy madaniy meros ishlari boʻyicha milliy komissiya masʼul xodimi S.Mallaxonov, f.f.doktori Sh.Turdimov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi E.Shukurov, Oʻzbekiston xalq baxshisi A.Poyonov, Oʻzbekiston xalq artisti M.Nomozov, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori B.Matyakubov ishtirok etdi.
“Baxshichilik sanʼati” UNESCOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritilganligi, tadqiqotchi Oʻ.Hakimovning izlanishlari bugungi kunda baxshichilik sanʼatini rivojlanishiga katta hissa qoʻshishi anjuman davomida mehmonlar tomonidan taʼkidlab oʻtildi.
Tadbir jarayonida ustoz baxshilar tomonidan “Alpomish” dostonidan parchalar kuylandi.