O'zbek xonandalari xalqaro festivalda Anna Germanning qo'shiqlarini ijro etdilar

    Polshaning Belostok shahrida boʻlib oʻtgan oʻninchi Anna German qoʻshiqlari xalqaro festivalida oʻzbekistonlik sanʼatkorlar Denis Sotnikov va Ferid Girgin ishtirok etdi.

    Festival “Polsha Ayollar ligasi” uyushmasi tomonidan tashkil etildi. Uyushma raisi Aldona Mixalyak oʻz nutqida xonandaning Urganch shahridagi hayoti, shuningdek, uning ona yurti boʻlgan Oʻzbekiston haqida soʻzladi.

    Oʻzbekistonlik xonandalar Anna German repertuaridan qoʻshiqlar ijro etishdi. Tomoshabinlar oʻzbekistonlik ijrochilarning chiqishlarini, shuningdek, Oʻzbekiston haqidagi, uning boy tarixi va madaniy merosi haqidagi maʼlumotlarni, oʻzbek xalqi qalbida saqlangan Anna German xotirasini samimiyat bilan qarshilashdi.

    Tadbir Polshaning “Polsatnews” va “TVP” yangiliklar kanallari orqali keng yoritildi.

    Xonanda Denis Sotnikov Polshaning “Radio dla Ciebie” davlat radiosi muxbiri savollariga atroflicha javob berdi.