O‘zbek yigiti Strasburg filarmonik orkestrining yangi badiiy rahbari bo‘ldi!

    Madaniyat 17 Iyul 2020 1305

    Yurtdoshimiz, 32 yoshli iqtidorli musiqachi Aziz Shohakimov Strasburg filarmonik orkestrining yangi badiiy rahbari etib tayinlandi.

    U rahbar sifatidagi ish faoliyatini 2021-yil sentabr oyidan boshlaydi. Ungacha yurtdoshimiz oʻz ishini sidqidildan bajarish uchun oʻz oilasi bilan Strasburg shahriga joylashishga qaror qilgan.

    U 9 yil davomida rahbarlik qilgan Marko Letonyaning oʻrnini egallaydi. Uning shartnomasi qayta yangilanish imkoniyati bilan 3 yilga imzolangan.

    Aziz Shohakimov 21 yoshidayoq Gustav Maxler" konkursini yutib, dunyoga tanilgan. Hozirgacha, yurtdoshimiz dunyoning eng katta sahnalarida nufuzli orkestrlarda dirijyorlik qilib kelmoqda.