Xabaringiz bor, taniqli adib va dramaturg Qo'chqor Norqobilning kitoblari Rossiya va Serbiya davlatlarida chop etildi.
Yozuvchining Rossiya Baynalminal Yozuvchilar uyushmasi nashriyoti tomonidan “Zamonaviy nasr majmuasi” turkumida nashr etilgan “Xochu uvidet` tvoi glaza” kitobi yil choragining “eng yaxshi kitobi” deb tan olindi. Mazkur asar Rossiyaning qator sayt va telekanallari orqali targ'ib qilinmoqda. Ushbu kitob muqovasi taniqli rassom Bahriddin Bozorov tomonidan ishlangan.