Ushbu mukofot yozuvchining Rossiya Federatsiyasida chop etilgan “Koʻzlaringni koʻrgani keldim”, “Qordagi lola” va turkum asarlari uchun loyiq koʻrildi.

Maʼlumki, adibning umuminsoniy gʻoyalar yuksak badiiy mahorat bilan ilgari surilgan asarlarida muhabbat mavzusi, milliy qadriyatlar, oddiy odamlar xarakteri yorqin tasvirlangani bilan oʻquvchi diqqatini tortadi. Ayniqsa, uning urush fojialari ichida ham insoniy tuygʻular ulugʻlangan kitoblari hozirgi kunda Yevropa davlatlarida ham chop etila boshladi.

Bugun shu munosabat bilan Adliya vazirligida boʻlib oʻtgan marosimda mazkur mukofotni yozuvchiga vazir oʻrinbosari Muzrob Ikramov topshirdi.

Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va aʼzolari Qoʻchqor Norqobilni ushbu mukofot bilan taqdirlangani uchun tabriklaydi.