Oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 000 dan oshdi. Bu haqda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahon internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi sifatli maʼlumotlarni koʻpaytirish maqsadida tashkillashtirilgan “WikiStipendiya” loyihasi rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, may-iyun oylari davomida “WikiStipendiya” jamoaviy marafonining 1-turi boʻlib oʻtdi. Mazkur marafon sabab oʻzbekcha Vikipediya katta marralarni zabt etdi.
Jamoaviy marafonga qadar oʻzbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 260 mingga yaqin edi, tur davomida ishtirokchilarning faolligi bilan maqolalar soni 300 mingdan oshdi.