O'zbekfilm"da yangi kinoloyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi

    2021-yilning kinoloyihalari taqdimoti o'tkazildi.

    Bugun “Oʻzbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan “Assalom Navroʻz” kino-oyligi doirasida 2021-yilning kinoloyihalari taqdimoti oʻtkazildi.

    Taqdimotda “Meros” (rej.Hilol Nasimov), “Uzbechka” (rej. Akbar Bekturdiyev), “Ayol qismati” (rej. Dilmurod Masaidov), “Muhabbat bahori” (rej. Ibrohim Rasulov), “Hayot afsunlari” (rej. Hasan Alijonov), “Avloniy” serial va badiiy publitsistik film varianti (rej. Muzaffar Erkinov), “Rioga yoʻl” (rej. Akrom Isakov) va boshqa filmlar muhokama qilindi.

    Taqdimot davomida filmlar bilan bogʻliq masalalar, suratga olish obyektlari, aktyorlar tarkibi va boshqa shu kabilar boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

    Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekiston xalq artisti Mukambar Rahimovaning 80 yillik yubileyiga bagʻishlangan ijodiy kecha hamda kinorejissyor Zulfiqor Musoqovning “Hayrat” badiiy filmi katta premyerasi boʻlishi kutilmoqda.

    “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati