Ushbu tasdiq gidroenergiya ishlab chiqarish orqali iqlim oʻzgarishini yumshatishga katta hissa qoʻshgan ijobiy ekologik taʼsirni va boshqaruv tuzilmasi hamda 2023-yilda ijtimoiy koʻrsatkichlardagi yaxshilanishlarni aks ettiradi.
Ahamiyatli jihati, bu 7 ballik sezilarli oʻsish Jamiyatimizni Markaziy Osiyodagi eng yuqori bahoga ega boʻlgan kompaniyaga aylantirdi.
Taʼkidlash joizki, mazkur reytingga “Oʻzbekgidroenergo” AJ faoliyatining 2023-yil uchun Barqaror rivojlanish hisobotini tayyorlashda xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilmasdan, oʻz kuchi bilan – Jamiyat mutaxassislarining faol saʼy-harakatlari hamda bilim va malakasi tufayli erishildi.
“Oʻzbekgidroenergo” AJning oʻz quvvatlarini kengaytirish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDG) 7.2 bandi (Renewable Energy)ga – qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirishga katta hissa qoʻshadi.
Sustainable Fitch reytinglari va boshqa mahsulotlar haqida umumiy maʼlumot
Sustainable Fitch ning ESG reytinglari ekologik, ijtimoiy va boshqaruv samaradorligini barcha aktiv turlarida, shu jumladan tashkilot, platforma va instrument darajasida baholash uchun global yechim taklif qiladi. ESG moliyaviy jamiyatiga yaxshiroq va asosli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Reytinglar ekologik va ijtimoiy mezonlarni kompaniyaning biznesi, strategiyasi va boshqaruviga integratsiyalash darajasini hamda boshqaruvning samaradorligini aks ettiradi. Ushbu reytinglar “1” dan “5” gacha boʻlgan shkala boʻyicha baholanadi, bu yerda “1” eng yaxshi, “5” esa eng yomon natija hisoblanadi.
Axborot xizmati